Hozir vaqti emas!

2 yildan beri deyarli har kuni nimadur o'rganib kelaman(Toshkentga kelgan vaqtim nazarda tutilyabdi). Dastlab u ingliz tili bilan boshlangan bo'lsa hozirga kelib Java bilan davom etmoqda. Bu vaqt orolig'ida C++, JavaScript, HTML, CSS va Git, Github, DataBase lar va ko'plab boshqa dasturlashga oid yoki oid bo'lmagan narsalar haqida o'rgandim. O'zim mustaqil bazi loyihalar qilib ko'rdim(ulardan biri shu blog). O'rganish vaqtida agar biron qiyinchilikka duch kelsam, doim bir narsa hayolimga kelardi yani "Balki bu men uchun emasdir, Balki men buni o'rgana olmasman?" va qachonki bunday fikr kelsa bu albatta o'qish samaradorligimga ta'sir qilardi. O'sha kuni deyarli o'qiyotgan narsamga qaragim ham kelmas va boshqa narsalar bilan o'zimni chalg'itgim kelardi. Masalan boshida C++ ni o'rganishni boshlaganimda hamma narsa yangilik edi(qoldiqni o'zi ancha bosh og'riq bergandi) va o'rganishim kerak bo'lgan narsalar juda ko'p edi. Malumotlarni turlari string nima? Int nima va shunga o'xshash narsalarni tushuna olmay turganimda, oldinda o'rganishim kerak bo'lgan narsalarni ko'rib motivatsiya tushib ketar, learn.cpp saytiga qaragim ham kelmasdi. Lekin ozroq dam olib yoki biron ish bilan malum vaqt mashg'ul bo'lib qaytganimdan keyin qandaydir kuch o'sha o'rgana olmagan narsamni, qayta sinab ko'rishga undardi va ko'p hollarda uni o'rgana olardim. Ingliz tilini o'rganishda bunday holat juda kam bo'lgan(speakingni hisobga olmaganda), ammo IELTS boshlanganda yana o'sha vaziyatlar qaytarilgan. Bir kun natijam o'ylagandek chiqmasa siqililb yurardim lekin ertasi kuni baribir o'sha natijaga erishardim. Hozir Java o'rganyabman(don't try it), bir necha kundan beri Spring core darslarini ko'ryabman va kecha mavzuga umuman tushunmadim sababi kam vaqt sarflaganim menimcha va tezda eski hissiyotlar keldi. lekin bugun o'sha boshini tushunmagan module ni tugatdim. Asosiy aytmoqchi bo'lgan narsam bazida o'ziz hohlagandek natijalar kelmayotgan bo'lsa(o'rganish paytida), shunchaki uni to'xtatish va boshqa ishlar bilan mashg'ul bo'lish yoki dam olib qayta boshlash yaxshi usul, bir ishda qotib o'tirib, "Bu men uchun emas" degan bilan hech narsa o'zgarib qolmaydi. Biron darsni tushunmagan bo'lsez, qayta ko'ring, o'qing yoki dam olib kelib yana qayta ko'ring.
See More