"Yoshlarga Maslahat"
Agar 15-20 yosh atrofida bo'lsangiz, sevishib yurishishga, ko'chalarda sang'ib yurishga, har xil o'yinlar bilan umringizni isrof qilishdan saqlaning. Hozir o'qiydigan payt, harakat qiladigan payt. Keyin agar pul topish uchun yaxshi ko'rib o'rganyotgan narsangizdan kechish kerak bo'lsa, keyinchalik yana vaqtim bo'ladi o'rganishga deb to’xtatib qo’ymang. Och qolmaydigan darajada pul qilib, qilayotgan, o'rganyotgan narsangizda davom eting. 20 dan oshgandan keyin hozir qilmoqchi bo'lgan hamma ishlarizni qilsa ham bo'ladi. Keyin natijalarni tez kelishini kutmang, 3 yilda kelmasligi mumkin lekin baribir bir kun qilingan mashaqqatlar o'zini oqlaydi, o'shanda tushunib yetasizki, sizni qilgan ishlaringiz, harakatlaringiz shunchaki g'oyib bo'lib ketmagan ular yig'ilgan va saqlangan toki siz ularni ko'rish darajasiga yetkunizcha.
Nimaga aynan 20 yoshdan pastlarga deb boshladim chunki 20 dan oshganda bilasiz, ko'p narsaga maktabdagi harakat bilan erishib bo'lmasligini, buyoqda hayot boshqacha ekanligini, sizdan endi hamma natija kutishini, siz birdan katta bo'lib qolganingizni tushunasiz va endi sizga birov aytmasa ham nimalardur qilishingiz kerak. Endi biron soha tanlab unda ish boshlamsez bo'lmaydi. Endi sizga oila qurish haqida gaplar aytila boshlanadi. Bo'ldi siz ustingizdagi bosim birdan 10 barobarga oshib ketadi va endi sizni ko'zingizga har qanday yiqilish katta bir fojiadek ko'rinadi.
Shularni hisobga olgan holda, ukalar va singillarga maslahat shunchaki yo'q bo'lib qoling, hozir siz instagramga post qo'yishingiz shartmas va sizni postingiz qiziq bo'lgan odamlarni sizga hech qanday foydasi tegmaydi. Siz o'qishingiz kerak, qilayotgan ishingizni davom ettirishingiz va o'zingizni nima bilandur band qilib turishingiz kerak. Qishloqlarda yosh bolalarni 70% rossiyaga ishlashga ketadi va bu raqam oshishda davom etmoqda. Men eslayman sinfdoshlarimni juda ko'pi har kuni kechki payt ko'chada yurishardi, "uchtosh" degan joy bor o'she yerga borib yana qaytishardi, bizni paytda clash of clans degan o'yin ommabop bo'lgan, tabiyki ko'plari bu o'yin bilan umr o'tkizishardi va menimcha ko'plari haligacha bironta kitob o'qishmagan bo'lsa kerak va ko'plari Rossiyada.
Juda ham muhim davr shuning bilan birgalikda judaham havfli davr chunki o'sha paytda shakillantirgan o'zingizni keyinchalik o'zgartirish qiyin bo'ladi. Hayotni qiyin davrlarini ko'rib, faqat hayot shu ekanda deb qolishlik va o'zgarishdan qo'rqib qolish havfi bor. Katta orzular qiling, ularni hech kimga aytmang, indamasdan ishlarda davom eting bo'ldi hammasi yaxshi bo'ladi. Peace!